Odamlar tanlaydigan startap
Hay’at taqdimotlarni tinglaydi. Odamlar esa öz favoritlarini tanlaydi. Har bir startapning muxlislari bor: foydalanuvçilar, mijozlar, döstlar va jamoaga işongan har bir kişi. Bu nominatsiyada ğolibni aynan ular aniqlaydi. Ovoz beriş onlayn va hamma uçun oçiq. 26-noyabr kuni esa ğolib startap asosçisi ‘Hour of Fame’ sahnasiga çiqadi.
Kimlar ariza topşirişi mumkin?
Faoliyat yuritayotgan har qanday startap ariza topşirişi mumkin. Startup Alley ekspozitsiyasi iştirokçilari, festivalning pitch formatlaridagi jamoalar va Startup pass bilan keladigan startaplarni ham kutamiz.
Ovoz beruvçilar körib, sinab köra oladigan işlaydigan mahsulot yoki prototip kerak. Startap istalgan bosqiçda — MVP’dan tortib masştablaşgaça — böla oladi. Har qanday davlatdan qatnaşiş mumkin: faqat asosçilardan biri 26-noyabr kuni Toşkentdagi ‘Hour of Fame’ga kelişini söraymiz.
Taşkiliy qömita barça arizalar orasidan finalistlarni tanlaydi. Söngra finalistlar orasidan ğolibni hamma onlayn ovoz beriş orqali aniqlaydi.
Ğolib qanday tanlanadi?
- Taşkiliy qömita barça arizalarni körib çiqadi va finalistlarni tanlaydi.
- 18–25-noyabr kunlari festival saytida hamma ovoz bera oladi.
- Har bir kişi bir marta ovoz beradi va ovozini elektron poçta orqali tasdiqlaydi.
Muddatlar
| Sana | Bosqiç |
|---|---|
| 10–17-noyabr | Arizalarni qabul qiliş |
| 18-noyabr | Finalistlarni saytda e’lon qiliş |
| 18–25-noyabr | Onlayn ovoz beriş |
| 26-noyabr | Ğolibni ‘Hour of Fame’da e’lon qiliş |
Sovrin
Slush 2027 konferensiyasiga çipta va yöl xarajatlarini qoplaş.