Hamjamiyatingiz atrofdagi dunyoni özgartiradi.
Hamjamiyatlar ekotizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular odamlarni birlaştiradi, bilim ulaşadi va hayotni yaxşilaydigan taşabbuslarni boşlaydi. Bu nominatsiya — şu yili işi odamlarga sezilarli foyda keltirganlar uçun.
Arizalar 10–17-noyabr kunlari qabul qilinadi · Ariza topşiriş
Kimlar ariza topşirişi mumkin
Hamjamiyatlar, klublar, notijorat taşabbuslar, media va tadbirlar. Festival hamkorlari ham qatnaşişi mumkin.
Özingizning hamjamiyatingizdan ariza topşiring yoki sizni ruhlantiradigan boşqasini nomzod sifatida körsating.
Ğolib qanday tanlanadi
- Taşkiliy qömita barça arizalarni körib çiqadi va 5–7 finalistdan iborat şort-list tuzadi.
- Finalistlar uçun oçiq ovoz beriş ötkaziladi.
- Ğolib ovoz beriş yakunlariga köra aniqlanadi va mukofotni qölga kiritadi.
Taşkiliy qömita nimalarga e’tibor beradi
- Umumiy qamrov: qança odamni birlaştirasiz va siz sababli nimalar özgardi.
- Faollik: hamjamiyatingiz qançalik faol va odamlar uning hayotida qatnaşadimi yoki faqat kuzatuvçimi.
- Muntazamlik: siz vaqti-vaqti bilan emas, balki doimiy faoliyat yuritasiz.
- Hissa: faoliyatingiz Özbekiston va Markaziy Osiyo ekotizimiga nima beradi.
- Öziga xoslik: boşqa heç kimda yöq bölgan format yoki yondaşuv.
Muddatlar
| Sana | Bosqiç |
|---|---|
| 10–17-noyabr | Arizalarni qabul qiliş |
| 18-noyabr | Finalistlarni saytda e’lon qiliş |
| 25-noyabrgaça | Oçiq ovoz beriş |
| 26-noyabr | Ğolibni ‘Hour of Fame’da e’lon qiliş |
Köp beriladigan savollar (FAQ)
Festival hamkori bölsak, ariza topşirsak böladimi?
Ha, hamkorlarning arizalarini ham mamnuniyat bilan kutamiz.
Özim a’zo bölmagan hamjamiyatni ilgari surişim mumkinmi?
Ha. Şaklda boşqa hamjamiyatni tavsiya qilayotganingizni körsating va agar mavjud bölsa, uning kontaktlarini kiriting.
Hamjamiyatimizni bir neça marta nomzod qilib körsatişsa-çi?
Bu muammo emas. Hamjamiyat şort-listda faqat bir marta paydo böladi.
Finalistlarga ovoz bera olamanmi?
Ha. Ovoz beriş arizalarni saralab bölganimizdan va finalistlarni e’lon qilganimizdan söng oçiladi.